13 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32837 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida, yana 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 8 nafari Toshkent вилоятида tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 6 965 kishi davolanmoqda. Ulardan 1375 nafari og‘ir, 410 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.