Samarqand viloyatida 12 avgustdan ayrim sohalarga nisbatan karantin qoidalari yumshatilmoqda. Bu haqda viloyati ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Qayd etishicha, pidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining tuman va shahar bo‘limlari xulolasi asosida hamda sektor rahbarlari bilan kelishgan holda karantin qoidalarini yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra quyidagilarga ruxsat berilmoqda:


1.

Avtotransport vositalarининг (stikersiz) harakatlanishiga (soat 06:00 dan 23:00 ga qadar)

2.

Umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatiga.

Umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar etib quyidagilar belgilanmoqda.

Banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;

faoliyatini 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etish;

stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;

bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

3.

Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari va zargarlik do‘konlari faoliyatiga

4.

Sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga

5.

Mehmonxonalar faoliyatiga (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno)

6.

Очиқ sun’iy qoplamali sport ўйингоҳлариga (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda)

7.

Sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati

8.

Ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga

9.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga.


Ruxsat berilgan faoliyat turlarining karantin qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni davlat Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasi amalga oshiradi. Karantin talablarini buzgan muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda har bir viloyat hududdagi epidemiologik holatdan kelib chiqqan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish, ayrim sohalarga ruxsat berish choralarini ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10 iyuldan O‘zbekistonda yangi karantin cheklovlari joriy etilib, keyinroq u 15 avgustga qadar uzaytirilgan edi. Shu bilan birga, 3 avgust kuni Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari, 10 avgustdan Buxoro viloyatida karantinni yengillatish boshlandi.