10 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30820 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida (shundan 33 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 143 nafari esa O‘rtasaroy karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida), 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 11 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 8582 kishi davolanmoqda. Ulardan 1378 nafari og‘ir, 386 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 22042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.