8 avgust kuni O‘zbekistonda 693 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm hamda Navoiy viloyatlarida jami 936 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 29 918 nafar bemordan 21 316 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 71 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.