6 avgust kuni bir qator o‘zbekistonlik jurnalistlar va bloggerlar o‘zlarining Telegram-akkauntlarini buzishga urinishlar bo‘lganligi haqida xabar berishdi. Qalloblar mahalliy uyali aloqa operatorlarining soxta raqamlaridan qo‘ng‘iroqlar yordamida identifikatsiya qilish uchun SMS-kodni qo‘lga kiritishga uringan.

Masalan, jurnalist va filolog Eldar Asanovning so‘zlariga ko‘ra, yigit unga +998971300909 (Mobi.uz operatori) raqamidan qo‘ng‘iroq qilib, viktorina haqida ma’lumot bergan. Viktorina g‘oliblariga qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar, SMS va internet uchun megabaytlar va’da qilinishi haqida aytgan.

«Qalloblik ekani shu zahotiyoq aqlimga kelganiga qaramay, o‘yin o‘ynashga qaror qildim, oxiri nima bo‘lishini ko‘ray dedim. Koronavirus haqida juda oddiy savollar berib, meni g‘olib deb e’lon qilishdi. So‘ng „telefoningizga kod yubordik, shuni bizga aytib yuboring“, deyishdi. Qarasam — Telegram’dan kelgan kod. Ya’ni uzoqdan turib akkauntimga kirishga urinishyapti. Juda sodda, jo‘n yo‘lini tanlashibdi», — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Eldor Asanov ehtiyotkorlik chorasi sifatida barcha akkauntlaridan chiqib ketgan, qalloblar uning hisobiga kirish uchun pul o‘g‘irlashini kutgan.

«Ammo akkauntimga kira olmagan qalloblar qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilaverishdi. Ko‘targanimda «bonus tushdimi?» deb so‘rashdi. «Yo‘q» deganimdan so‘ng «qo‘ng‘iroq qivoramiz», deyishdi. Bir daqiqadan so‘ng hisobimga 84 ming so‘m tushdi. Shundan ularning maqsadi pul emasligini tushundim. Yana qo‘ng‘iroq qilib, bu tushirilgan pul yordamida «bonus»ni qanday aktivatsiya qilishimni tushuntirishdi. So‘ng qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilaverib, uzoqdan turib Telegram-akkauntimga qayta-qayta kirishga urinaverib, kod so‘rayverishdi. Balki taslim bo‘lishar deb biroz kutdim, axiyri bo‘lmadi. «Kimsiz, akkauntim nega kerak?» deb so‘raganimni bilaman, telefon o‘chdi», — deb yozdi u.

Jurnalist qayta qo‘ng‘iroq qilib, Mobi.uz kompaniyasiga tushgan. U operatorga ularning raqamlari orqali firibgarlik qilishga uringanliklarini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operator o‘z raqamlariga boshqa joydan ulanishning iloji yo‘qligini aytgan (IP-manzil Niderlandiyaniki edi) va agar shikoyat bo‘lsa ichki ishlar xodimlariga murojaat qilishni taklif qilishgan.

O‘zA jurnalisti Anora Sodiqova shunga o‘xshash hodisa haqida xabar berdi (biroq qo‘ng‘iroq Ucell operatoridan kelgan). «Nablyudeniya pod chinaroy» blogi muallifi Feruzxon Yoqubxo‘jayev va jurnalist Zafarbek Solijonov ham buzib kirishga urinishlar bo‘lganligi haqida gapirdi.

Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ushbu vaziyatni izohlab, «OAV va blogerning „ovozini o‘chirishga“ urinish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi» deya ta’kidladi. «Gazeta.uz» bayonot matnini e’lon qiladi.


Kuni-kecha ko‘plab blogerlarimiz o‘zlarining Telegram-kanallarida ularni akkauntlarini buzishga urinish bo‘lganligi haqida yozishdi.Buni kim tomonidan va nima maqsadda qilinganini biz yaxshi bilmaymiz. Lekin, nima bo‘lganda ham, ommaviy axborot vositalari va blogerlarning ovozini o‘chirishga urinish — bu har doim ham yaxshi natija bermagan.

Mana masalan, o‘tgan davrni olaylik. Yillar davomida matbuot kuchli bosim ostida bo‘lgan. Matbuot kuchli senzura ostida bo‘lgan va jurnalistlar nafaqat o‘zining fikrini bayon qila olishgan, balki ular bir tuzukroq bir muammoni ko‘tarib ham chiqa olishmagan. Oqibatda nima bo‘ldi? Oqibatda fikr xilma hilligi bo‘lmadi. Oqibatda jamiyat rivojanmadi. Oqibatda, umuman, davlat bir qoloq davlatlar qatorida turaverdi va xech qanday bir natijaga erishmadik. Chunki muammoni ko‘tarib chiqadigan instrument o‘chiq edi.

Endi xozir mana, Prezidentimiz boshchiliklarida matbuotga keng yo‘l ochib berildi. Matbuotning haqiqatdan to‘rtinchi hokimiyat bo‘lishi uchun maqsadlar va vazifalar belgilab berildi. Aynan shu jarayonda agar hozir matbuotning ovozi o‘chirilsa, agarda shu jarayonda juda kuchli bosim ostida qolsa, bu blogerlar va jurnalistlar unda nima bo‘lishi mumkin?

Hozir men sizlar bilan o‘zimning tahliliy fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Keling, eng avvalo umuman informatsion «polya»ni bir ko‘rib olsak. Mana bu, tasavvur qiling, informatsion maydon. Bu informatsion maydon qirg‘og‘ining bu tomonida, misol uchun, chet eldan turib faoliyat yuritayotgan OAV va blogerlar, jurnalistlar yoki inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va hokazo. Bu esa O‘zbekiston OAV. Bu yerda televideniye, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlar va hokazo. Bu yer esa informatsion maydon. Bu yerdan fuqarolarimiz ma’lumot olib turishadi va aynan ushbu maydonga bu tomon ham va bu tomon ham o‘zining u yoki bu muammo, masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni tashlab turishadi.

Endi, agarda biz hozir O‘zbekiston tomonida faoliyat yuritayotgan televideniye jurnalistlari, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlar, jurnalist va blogerlarni qisuv ostiga oladigan bo‘lsak, ularni bo‘g‘adigan bo‘ladigan bo‘lsak, ularning sekin-asta faolligi pasayadi.

Ularning ko‘pchiligi xususiy, reklama bilan bog‘liq OAV. Har bitta OAV, bu bloger bo‘ladimi yoki OAV bo‘ladimi hammasi reklama hisobidan kun ko‘radigan tashkilotlar hisoblanadi. Ularning agar berayotgan maqolalari odamlarning hayoti bilan bog‘liq bo‘lmasa, ularning maqolalari yoki berayotgan materiallari muammolarni qo‘tarib chiqmasa, demak ularga bo‘lgan qiziqish kamayadi va ularga bo‘lgan qiziqish kamaygandan keyin o‘z-o‘zidan reklama ham kam beriladi. Va sekin-sekin yomon ahvolga tushib qolishi mumkin.

Bu ham mayli, lekin «O‘zbekiston nima yutadi bundan?», deydigan bo‘lsak, bu informatsion maydondagi, bu bizni immunitetimiz, biz buni yo‘qotamiz. Va informatsion maydonni bizga do‘st bo‘lmagan davlatlarning OAV boshqara boshlaydi. Ularning maqsadi bizga noma’lum. Ular nima qilmoqchi?

Va xalq, odamlar, o‘zimizning OAVdan qiziqarli ma’lumot olomagandan keyin bu OAV ga murojaat qiladi. Va shunday qilib bir tomonlama fikr shakllana boshlaydi.

Nima uchun OAVning fikrini o‘chirish kerak yoki bular nazoratda bo‘lishi kerak? degan fikr paydo bo‘ladi. Chunki bular bu yerdagi odamlar orasidagi muammolarni ko‘tarib chiqadi. Bizda ko‘proq qanaqa yanglish fikr bo‘ladi? Muammoni hal qilishning o‘rniga, buni ovozini o‘chirishga harakat qilamiz. Lekin muammo bor-ku, baribir.

Endi mana, yana bitta eng yomon tomoni. Xo‘p muammo qoldi, OAVning ovozi pasaytirildi. Bu tomondan chet eldagi OAV ning ovozi balandroq eshitila boshladi. Bu informatsion maydon bo‘lsa, bu informatsion maydonda yagona ovozlar bo‘lsa, balandroq eshitiladimi? Agarda ko‘p ovozlar va fikrlar xilma-xilligi bo‘lsa yaxshimi? Albatta, fikrlar xilma-xilligi bo‘lganda qayik chayqalishi ham kamroq.

Bu masalani ikkinchi tomoni. Demak OAV ovozi yopildi muammo bor. Nima deb uylaysiz? Jurnalist yoki blogerlar u yoki bu faoliyatni to‘xtatadi deb uylasizmi? Bu bloger yoki jurnalist o‘zi kim? Bu — vatanparvar, bu — befarq bo‘lmagan, xech qanday bemalol o‘tib ketolmaydigan, bu tug‘ma, bunaqa shaxslar tug‘iladi, bunaqa bo‘lib yaralmaydi. Demak, ularning vatanparvarlik hissi qoladimi? Kim kafolat bera oladi, bu bloger yoki jurnalist anonim jurnalistlik faoliyati yo‘lga qo‘ymasa? Boshimizdan o‘tqazdik-ku ko‘rdik-ku! 2016 yilda, masalan, ko‘plab blogerlarimiz kim ekanini bilmasdik. Telegram bor edi.

Oldingi davr bilan hozirgi davrning eng katta farqi shundaki, o‘tgan davrda texnika bu darajada rivojlangan emas edi. Mana xozir, ijtimoi tarmoqlar — Facebook, Instagram, Telegram, Twitter va hokazo. Va ular bizning hayotimizga shu qadar kirib kelganki, uning qaysidir resursni o‘chirib qo‘yish bilan erishib bo‘lmaydi.

Eng asosiy yechim juda ham oson. Yana bir bor ta’kidlaymizki, jurnalistlar bilan kurashish kerak emas, muammolar bilan kurashish kerak. Muammo bor ekan jurnalist gapiradi, muammo bo‘lmaganda jurnalist gapirmasdi. Agar muammo bo‘lib turib uni gapirmasa, bu muammo ertaga to‘planib-to‘planib kuchli ijtimoiy noroziliklarni kuchaytirib yuborishi mumkin.

Endi men juda xam qizik tomoniga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Agarda bugungi texnika asrida demak internet bor ekan, ma’lumotlar oqimini to‘xtatishning iloji yuq. Demak, biz o‘zimizning matbuot, o‘zimizning mahalliy blogerimizning va jurnalistlarning ovozini o‘chirsak, informatsion maydonda ovozlar soni kamayadi va bu ovozni chet el tashkilotlari, chet davlatdan bizga do‘st bo‘lmagan turli bir OAV o‘zining ustunligini ko‘rsatadi. Va, eng asosiysi, jamiyatda biz bu ishlar orqali informatsion suverenitetimizni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli juda ham katta.

Lekin shu narsani juda ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, bu degani chet el OAV yoki chet el tashkilotlari yomon tashkilotlar degani emas. Lekin do‘st bor, dushman bor.

Ularning orasida g‘araz maqsadlarda, turli siyosiy bosim o‘tkazish ilinjida bo‘lgan, turli siyosiy bir jarayonlarni u yoki bu ko‘rinishda ko‘rsatishga manfaatdor bo‘lgan davlatlar bor. Va biz o‘zimizning OAV ovozini qonun yo‘li bilan, texnika yo‘li bilan, har qanday yo‘l bilan (u metodlarga alohida to‘xtamaylik) ovozini pasayishiga urinishimiz — bu immunitetimizning, respublikamizning immunitetini pasaytirishga ham o‘hshaydigan bir jarayon deb hisoblayman.

Bu bilan nima demoqchiman? Bu bilan matbuot erkin bo‘lishi kerak, fikrlar xilma-xil bo‘lishi kerak. Ko‘pincha aytishadiki, muammoni juda ko‘p bo‘rttirib yozilyapti, yaxshi ma’lumotlarni berish juda ham kam. Xa to‘g‘ri, lekin bitta narsani inobatga olish kerak: matbuotning vazifasi muammolarni ko‘tarish, xalq dardini olib chiqish, jamoatchilik nomidan uni yuqoriga ko‘targan holda hal qilishiniga erishish, undan tashqari hukumat va davlat idoralarining faoliyati yuzasidan xalq nozirlari bular. Xalqning jamoatchilik nazoratchilari.

Shunday bo‘lgan ekan, har doim ham yaxshi yoki maqtov-maqtov materiallarni berolmaydi. Eng asosiysi, jurnalist va blogerlarga xolislik, eng muhimi, etika degan narsalar juda muxim. Bu narsalarda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu bilan ishlagan maqulroq. Ularning ovozni pasaytirishdan ko‘ra. Chunki ularning ovozi pasaygani bilan birga, muammolar bor ekan, u yoki bu yullar bilan chiqib kelish bo‘laveradi. Anonim yo‘l bilan chikib keladi, telegramda hozir mingta har xil kanallar ochilgan, ularda paydo bo‘ladi.

Qandaydir informatsiyani yashirishning iloji yo‘q. Informatsiyani yashirishning umuman imkoniyati yo‘q.

Mana masalan, biror-bir ijtimoiy tarmoq muammoga uchradi. Mana bu — foydalanuvchilar, bular facebook’ka murojaat qilyapti. Demak, shu murojaat jarayonida muammolar paydo bo‘lyapti. Va undan keyin nima bulyapti: foydalanuvchilar Facebook’ka umuman kirmayaptimi? Yuq. Uni albatta yo‘li bor. Yo‘li — VPN orqali. Demak, Facebook foydalanuvchilari VPN ga murojaat qiladi va u orqali Facebook’ka kirishga to‘g‘ri keladi.

Natijada nima bo‘lyapti? Natijada VPN egalari Facebook’dan tashqari yana bu yerda minglab terroristik ahamiyatga ega bo‘lgan saytlar, pornografik saytlar yoki qurol-yarog‘ sotadigan saytlar, ekstremistik saytlarning hammasiga ham bemalol kira olishyapti. Va ertaga kiber jinoyat uchun ham bu ertaga keng yo‘l ochib berishi mumkin bo‘lgan kerakmas instrument hisoblanadi. Facebook’da shunday muammolar bo‘lgandan keyin, baribir ham odamlar bu Facebook’ka kirishni davom etaveradi.

Keling, umumlashtirgan holda fikrimni aytsam. Blogerlar va jurnalistarning ovozi pasaytirilsa, demak O‘zbekistoning immuniteti tushadi, fikrlar xilma-xilligi kamayadi, informatsion suverenitetimizga bu juda ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Undan tashqari, ular anonimga o‘tishi mumkin. Undan tashqari, ular boshqa resurslarda, umuman ko‘rinmagan holda, bu narsani, faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.Va eng asosiysi, unutmaslik kerakki, bu blogerlar, jurnalistlar, baribir, befarq insonlar emas.Ularga agar turli qonun yo‘li bilan yoki boshqa yo‘llar bilan ularga ming taqiq qo‘ying, lekin, baribir, ular o‘zini faoliyatini davom ettiraveradi.

Ikkinchisi, OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarning turli shunday texnik nosozliklarga uchrashi — bu muammoning boshqa tomoni. Bu havsizlik tizimarini butunlay buzib yuboruvchi VPN orqali Facebook’larga kirish yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarga kirish mumkin bo‘ladi, lekin zararlarini aytib o‘tdim.

Shu bilan birga Facebook’da xozirgi pandemiya sharoitida, juda ham ko‘plab turli shiforoklarning maslaxatlari bor, yoki turli onlayn loyihalar bor. Ularning hammasiga putur yetadi va shu bilan birga, biznes tashkilotlar bilan o‘zining tashviqotlarini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Ularga putur yetadi. Eng asosiysi, tabiiy kelib turishi mumkin bo‘lgan, umuman, fuqarolarning u yoki bu bezovta qilayotgan muammolarning kelib chiqishi yopiladi.

Lekin muammolarning kelishi yopilgani bilan, u hal bo‘lmasa, baribir, o‘zining aks sadosini berib turadi. Shuning uchun OAV, ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rganishimiz kerak. Bu eng muximi. To‘g‘ri ishlash nima degani?

OAV, birinchidan, to‘g‘ri, xolis bo‘lishi kerak. Qonunlarimiz juda ham mukammal, qonunlar ishlashi kerak. Qonunlarning puxta amaliyotda qo‘llanilishiga erishlishi kerak va eng asosiysi, ochiqlik bo‘lib, jurnalistlar ko‘targan muammolarga zudlik bilan chora ko‘rilsa, masala juda ham oddiy hal bo‘ladi.

OAV, blogerlar, jurnalistlar faoliyatida ham kamchiliklar yetarli. His-hayajonga berilish, masalaga bir tomonlama yondashish yoki yolg‘on ma’lumotlar berish, feyk ma’lumotlar berish — bu ham eng asosiy boshog‘riqlaridan biri hisoblanadi. Lekin bularning hammasi ishlasa, yechsa bo‘ladigan masalalar.

Nima bo‘ldi shu ikki-uch yil jarayonda? Aholining informatsion qabul qilishi, informatsiyaga bo‘lgan munosabati butunlay o‘zgardi. Hozirgi O‘zbekiston fuqarolari bundan 3−4 yil oldingi ishonuvchanlik darajasi emas, ularning o‘zlari ham agarda biror-bir sayoz yoki u yoki bu ma’lumotlarga fikr bildiradigan darajaga yetdi.

Aytmoqchimanki, aholining o‘zi ham juda katta filtr vazifasini bajarib beryapti. Shunday ekan, keling jurnalist va blogerlarni dushman deb bilmasdan, ular bilan ishlashni yo‘lga qo‘yaylik, ularga do‘st bo‘lib, ularga kamchiliklari bo‘lsa, aytaylik.

Lekin bir tomoni bor — do‘stning akkaunti hech qachon «vzlom» qilinmasligi kerak.