Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 239,1 mln so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga.

Tergovdan oldingi tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi ishlamayotgan xodimlarga ish haqi, asossiz bonuslar va nafaqalar to‘lab kelgan. Ushbu bo‘limning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining «a» bandi (juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi (Surxondaryo viloyati) tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limining hisobchisi X.K. tomonidan 27-sonli maktabning sobiq ishchilari M.Q., N.T., O.E., shuningdek maktabda oldin ishlamagan Sh.Q.ning nomlariga bank plastik kartasini rasmiylashtirib olib, 2016−2020 yillar davomida jami 355,3 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Hisobchiga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.