Sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqovning bergan ma’lumotlariga asoslanib O‘zA xabar berdi.

Kengash raisining ma’lum qilishicha, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib qolmoqda va onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi.

Berilgan xabarga ko‘ra, sentabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Oktabr oyida 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiya sal yumshasa, unda balki an’anaviy tizimga yana qaytish extimoli bor, deya ta’kidladi O‘ktam Umurzoqov.