Dam olish kunlari ko‘pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayib, harorat kunduzi 33−38 daraja, kechasi 20−25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Bugun mamlakat hududining katta qismida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat 35−40 daraja bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Orol dengizi hududi ustidagi balandlikdagi siklon bilan bog‘liq nam va salqin havo oqimi kirishda davom etadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoliy tumanlarda harorat foni 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni respublika hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayib, kunduzi 33−38 va kechasi 20−25 daraja bo‘ladi.

Juma va shanba kunlari respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin. Mamlakatning tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 33−38 daraja, kechasi 20−25 daraja atrofida saqlanib turadi. Ushbu holat bu oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.