Samsung o‘zining yangi smartfonlari, planshetlari, «aqlli» soati, simsiz quloqchinlari va boshqa qurilmalarini taqdim etdi, deya xabar berdi VC.


Foto: vc.ru

Galaxy Note20 Ultra smartfoniga 120 gers chastotali Dynamic AMOLED 2X ekrani o‘rnatilgan. «Akkumulyator quvvatini tejash uchun displey avtomatik ravishda ko‘rilayotgan ma’lumotga moslashadi», deyiladi xabarda. «Aqlli» batareya 30 daqiqada 50% dan ko‘proq quvvat oladi, deya xabar beradi Samsung.

Foto: vc.ru

Smartfonlar uchtalik 8K kameraga ega, tasvir formati — 21:9, video yozish tezligi — soniyasiga 24 kadr. Kameraning Pro Video funksiyasi soniyasiga 120 kadr tasvirga olish, fokus, tovush, ekspozitsiya va boshqa parametrlarni sozlash imkonini beradi. Shuningdek, Galaxy Note20 Ultra lazer sensorli avtofokusga ega.

Bundan tashqari kompaniya S Pen stilusini ham yangiladi: unga beshta yangi ishoralar kiritildi, masalan, bosh ekranga qaytish yoki smartfon ekranini suratga olish uchun stilus bilan displey bo‘ylab surish kerak.

Galaxy Tab S7 va Tab S7+

Galaxy Tab S7 va Tab S7+ planshetlari 11 va 12.4 dyuymli displeyga ega, Note20 kabi displey chastotasi 120 gersga teng. Kompaniyada aytilishicha, yangilangan S Pen stilusi planshet komplektiga kiritilgan, klaviatura esa alohida sotib olinadi.


Planshetlarda matnli yoki ovozli, rasm va boshqa ko‘rinishdagi eslatmalarni Samsung Notes ilovasida saqlash mumkin.

Agar Wi-Fi bo‘lmasa, internetga ulanish uchun planshetni boshqa Galaxy qurilmalariga ulash mumkin. Bundan tashqari, planshet yaqin atrofdagi qurilmalar bilan fayllarni almashish imkonini beradi. Shuningdek, u Samsung kompyuterining asosiy ekranida displey sifatida ishlatilishi mumkin.

Galaxy Watch3 va Galaxy Buds Live


Galaxy Watch3 «aqlli» soatlari uchun yugurish sportiga moslashgan Running Analysis ilovasida VO2 max funksiyasi paydo bo‘ldi. U qondagi kislorod miqdorini o‘lchaydi va yurak-qon tomir mashqlarini samarali o‘tkazishga yordam beradi.


Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlari 12 millimetrli dinamikga ega. Shuningdek, uchta moslashuvchan mikrofonlar bilan jihozlangan — ikkita tashqi va bitta ichki. Buds Live ga o‘rnatilgan vibroto‘lqinlar sensori suhbat yoki ovoz yozish paytida hatto shovqinli joylarda ham yuqori sifatni ta’minlab beradi.