Ayubxon Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rektori lavozimiga tayinlandi. Bu xaqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar A.Radjiyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantrish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Ayubxon Radjiyev Koreyaning nufuzli universiteti — KAIST (Koreya Ilg‘or ilm-fan va texnologiyalar instituti) bakalavriati va UNIST (Ulsan Ilm-fan va texnologiyalar milliy institutining) magistratraturasini tamomlagan.

A. Radjiyev ta’lim tizimida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Uzluksiz ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.