4 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26550 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent viloyati, 79 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Xorazm viloyatida, yana 14 nafari Navoiy viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 9127 kishi davolanmoqda. Ulardan 927 nafari og‘ir, 224 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 17262 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Bundan tashqari, shu vaqtga qadar COVID-19 asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni 160 nafarga yetdi.

Navbatdagi bemorlar o‘limi Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 80 yoshli bemor O.A. (erkak) va Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashagan 41 yoshli bemor F.T. (erkak) bo‘lib, birinchi bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan va ikkinchi bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘pka shishidan vafot etgan.