SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyasidagi sinov parvozini yakunlab, Yerga xavfsiz tarzda qaytib keldi, deb xabar berdi NASA.

Yakshanba kuni kosmonavtlar — Robert Benken va Duglas Xerli Crew Dragon kemasida Meksika ko‘rfazining Florida qirg‘oqlariga qo‘nishdi. Benken va Xerli kosmosda to‘liq 64 kun bo‘lishdi.

Crew Dragon parvozi AQSHning 2011 yildan beri amalga oshirilgan birinchi missiyasi va bortida ekipaj bilan uchgan xususiy kompaniyaning ilk kosmik missiyasiga aylandi. NASA ta’kidlaganidek, missiyaning muvaffaqiyatli bajarilishi — «insoniyatning kosmosni tadqiqot qilishi uchun yangi davrdir».