O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olmoqda, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bemorning ahvoli qoniqarli holatda. Xabarda vazirning davolanish sabablari va boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi.