Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan «Saxovat va ko‘mak» fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi, deya xabar berdi O‘zA.

Ta’kidlanishicha, buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlanishi ko‘zda tutilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 mlrd;
  • Andijon viloyati — 10 mlrd;
  • Buxoro viloyati — 10 mlrd;
  • Jizzax viloyati — 5 mlrd;
  • Qashqadaryo viloyati — 20 mlrd;
  • Navoiy viloyati — 5 mlrd;
  • Namangan viloyati — 10 mlrd;
  • Samarqand viloyati — 10 mlrd;
  • Surxondaryo viloyati — 10 mlrd;
  • Sirdaryo viloyati — 5 mlrd;
  • Toshkent viloyati — 10 mlrd;
  • Farg‘ona viloyati — 10 mlrd;
  • Xorazm viloyati — 10 mlrd;
  • Toshkent shahri — 25 mlrd.

Xabarda qayd etilishicha, hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.