«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda hayit bayrami uchun pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Pishiriqlar

Ko‘katli qatlama

Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi. Bunday mazali qatlamalar dasturxondan tez g‘oyib bo‘la boshlashadi.

Kabob-somsa

Og‘izda eriydigan yumshoq xamir, xushbo‘y asosi va taomning antiqa ko‘rinishi bayram dasturxoningiz ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Sabzavotli somsa

Qarsildoq qatlamali xamiri va sersuv asosi. Ushbu retsept barchaga yoqishi aniq, chunki u juda oson tayyorlanadi, qolaversa juda mazali.

«Parmuda» somsasi

Bunday somsani uyda tayyorlash juda oson. Ularni odatda tandirda tayyorlashlariga qaramay, gaz pechida tayyorlasa ham juda mazali bo‘lib chiqadi.

Gaz pechida pishirilgan go‘shtli belyashilar

Xamiri yumshoq va juda mazali, asosi esa sersuv va xushbo‘y bo‘lib pishadi. Taomni mazasiga tan berishingiz uchun uni bir marotaba tayyorlab ko‘rishingizning o‘zi kifoya.

Shirin pishiriqlar

Shokoladli profitrolilar

Ushbu shokoladli pirojniylar bayram stolini bezab, shirinlik va shokoladga befarq bo‘lmagan isnonlar uchun ajoyib desert bo‘la oladi.

Tez tayyorlanadigan tvorogli pirog

Ushbu pirogni hattoki boshlang‘ich pazandalar ham tayyorlay oladilar. Tvorogli pirogni tayyorlash uchun sizdan kam vaqt va kuch ketadi.

Gaz pechida pishirilgan qush tili

Bu — yog‘da qovurilib pishgan yuqori kaloriyaga ega qush tilining butkul teskarisi. Shunga qaramay u maza va qarsildoqlikda yog‘da qovurilganidan qolishmaydi.

Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong‘oqli pishiriqlar

Bunday shirinlik ajoyib ko‘rinishi bilan har qanday dasturxonga ko‘rk bag‘ishlabgina qolmasdan, ta’mi bilan ham ko‘pchilikning qalbidan chuqur joy egallaydi.

«Napoleon» torti

Eng mazali va chiroyli pishiriqlardan biri bu Napoleon torti bo‘lib, u bayram yoki tadbirlarda dasturxon bezagiga aylanishi shubhasizdir.

Juda yumshoq asalli tort (Medovik)

Aynan mana shu retsept bo‘yicha tayyorlangan «Medovik» torti mayin va ajoyib bo‘lib pishadi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15