Bugun, O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari 55 yoshida moliya vazirining o‘rinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich olamdan o‘tdi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati. «Gazeta.uz»dagi ma’lumotlarga ko‘ra, unda koronavirus aniqlangan.

«20 yildan ortiq vaqt mobaynida Yorqin Ergashevich Moliya vazirligi tizimida ishlagan, u yerda har doim o‘zining mehnatsevarligi, xar bir ishga yuqori ma’suliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turar edi», — deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, byudjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari — byudjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri bo‘lgan. 2002−2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2006−2012 va 2016−2018 yillarda moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2012−2016 yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i — moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimini egallagan. Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, ularni moliyalashtirish bo‘yicha samarali faoliyat olib borgan.