O‘zbekiston aholisi yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 34 mln 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga o‘sgan, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Yarim yil ichida mamlakatda 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi vafot etgan. Muayyan davrda ko‘chib kelganlar soni 78,8 mingga teng bo‘lib, ko‘chib ketganlar esa 82,9 ming nafarni tashkil qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aholisining 17 mln 195,9 ming nafari erkaklar va 16 mln 995,8 ming nafari ayollarni tashkil etgan. Shu bilan bir qatorda, jami aholidan 17 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

Shuningdek, 6 oy mobaynida 75,5 mingta nikohlar qayd etilgan bo‘lsa, 12,8 mingta ajrim holatlari kuzatilgan.