Uzbekistan Airways kompaniyasi 26 iyul kuni Toshkent — Istanbul — Toshkent marshruti bo‘yicha qo‘shimcha charter reysi amalga oshirilishi haqida xabar berdi.

Reys jadvali

Toshkent — Istanbul
uchish — 15:00 da, qo‘nish — 19:50 da (Анқарага vaqtinchalik qo‘nish vaqti bilan birga)

Istanbul — Toshkent
uchish — 21:20 da, qo‘nish — 03.50+1

(mahalliy vaqtga ko‘ra)

Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha chiptalarni Uzbekistan Airways Sales ning markaziy ofisidan, navbat orqali, yo‘lovchi o‘zining shaxsiy hujjatlarini taqdim etgan holda sotib olish mumkin: O‘zbekiston fuqarolari uchun — pasport va jo‘nash uchun asoslar, xorijiy fuqarolar uchun — pasport.

Istanbuldan Toshkentga chiptalarni sotib olish uchun, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi bilan bog‘lanish kerak bo‘ladi.

Kompaniya «aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga» murojaat qilmaslikni, shuningdek chiptada ko‘rsatilgan narxni kassada to‘langan miqdor bilan taqqoslashni maslahat berdi.

Avvlroq biz 20 iyuldan 2 avgustgacha vaqt oralig‘ida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH, Isroil va Germaniya mamlakatlariga tashkil etiladigan charter reyslari jadvalini e’lon qilgan edik.