Jizzax viloyatida yuk avtomashinasinasi ag‘darildi, deya xabar berdi IIB YHXBB Axborot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, 24 iyul kuni soat 13:20 larda, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 998-kilometrida haydovchi K.V. boshqaruvida bo‘lgan Traller rusumli yuk avtomashinasiga «Yuk ko‘targich» maxsus texnikasini ortib harakatlanayotgan vaqtida, haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darilgan.


«Ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.