23 iyul kuni «Oilaviy» telekanali efirida tuman hokimlari bilan birga sektor rahbarlari, shu jumladan Mudofaa, FVB, SSB, SEOM rahbarlari birgalikda tumanlar aholisiga yuzlanib, vaziyat bo‘yicha ma’lumot berishdi, ayrim hokimlar halqdan uzr so‘rashdi.

Murojaat so‘ngida har bir hokim o‘zlarining va soha rahabrlarining shaxsiy raqamlarini fuqarolar uchun taqdim etishdi.

Yunusobod tumani hokimi Rahmonberdi Usmonov va tuman rahbarlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab Yunusobod tumani aholisidan uzr so‘rashdi.

Tuman hokimining aytishicha, tuman shifoxonalarida salkam ikki mingga yaqin yotoq-joylar tayyorlangan.

Yunusobod tumani hokimligi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev tuman bo‘yicha umumiy hisobda 709 kishi kasallanganligini va ulardan 281 kishi tuzalganligini, o‘lim holati bo‘lmaganlini aytdi.

Shuningdek, tuman hokimi koronavirusga qarshi kurashda tuman rahbariyati bilan birga har bir fuqaro bilan istalgan vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga tayyorligini bildirdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi.

Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va tuman rahbarlari o‘z vaqtida kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligi sabab o‘lim holatlari kuzatilgani uchun tuman aholisidan uzr so‘radi.

Tuman hokimi 13-oilaviy polniklinikada COVID-19 markazi tayyorlanganligi haqda xabar berdi, shuningdek, dori-darmonlar zahirasi tayyor qilib qo‘yilgani haqda aytib o‘tdi.

Sergeli tumani hokimligi.

Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov tuman rahbariyati bilan birgalikda tumanda kuzatilgan o‘lim holatlari uchun tuman aholisidan uzr so‘rashini aytdi.

Tuman hokimi tumanda 8 ta oilaviy poliklinika mavjudligini, va unga qo‘shimcha sifatida yana bitta klinika tashkil qilinganligi haqda xabar berdi.


Chilonzor tumani hokimligi.

Bektemir tuman hokimi Shohrux Mamajonov tuman hududida 4 ta mobil guruh tashkil etilganini va ular 4 ta shtabga biriktirilganini aytdi.

Tuman hokimi ushbu hududda koronavirus yuqtirganlar soni 164 kishiga yetganini aytib o‘tdi.


Bektemir tumani hokimligi.

Mirobod tuman hokimi Shuhrat Po‘latov ham tuman aholisidan koronavirus oqibatlari yuzasidan uzr so‘radi.

Tuman hokimi hududdagi uchta kasalxonada virus yuqtirganlarni davolash uchun 260 ta joy tayyorlanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, uning ma’lumotlariga ko‘ra Mirobod tumanida kasallik holatlari soni 248 ga yetgan va ularning 120 nafari tuzalgan.


Mirobod tumani hokimligi.

Shayxontohur tuman hokimi Abduqahhor To‘xtayev «Yoshlik» sport arenasida 564 o‘rinli shifoxona tayyor qilinayotgani va uning keyingi hafta ishga tushishi haqda aytdi.

Tuman hokimining aytishicha, Shayxontohurda kasallikka chalinganlar soni 600 nafardan ortik va ularning 200 dan ortig‘i tuzalgan.

Shayxontohur tumani hokimligi.

Yashnobod tuman hokimi Hojiakbar Tillashayxov hozirda tumanda 7 ta oilaviy poliklinika tun-u kun faoliyat olib borayotganini va COVID markazi tashkil qilinganligi haqda ma’lum qildi.

Yashnobod tumani hokimligi.

Yakkasaroy tuman hokimi Sherzod Taslimov va tuman rahbariyati ham tumanda koronavirus keskin tarqalib ketgani uchun aholidan uzr so‘radi.

Yakkasaroy tumani hokimligi.

Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov tumanda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar va vafot etganlar mavjudligida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi.

Olmazor tumani hokimligi.

Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev tuman aholisidan uzr so‘radi va tuman rahbariyati 24 soatlik ish vaqtiga o‘tganini e’lon qildi.

Uchtepa tumani hokimligi.