Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida Captiva avtomobilini haydab ketayotgan 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro YTH sodir etib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa 24 iyul kuni soat 12:10 larda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa maxallasi hududidan o‘tgan 4R-33 avtomobil yo‘lining Nayman-Dashtobod yo‘nalishi 29-kilometrida sodir bo‘lgan.

Fuqaro U.X. hech qanday tegishli xujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli Captiva avtomashinasini haydab ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan.

Holat yuzasidan Sardoba tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatida 18 yoshli fuqaro harakatlanib ketayotgan «ZiL» avtomobili kabinasiga chiqish zinasidan o‘zini tashlab, asfalt qoplamasiga boshi bilan tushishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingan edi.