Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibayev olamdan o‘tdi, deya xabar qildi O‘zA.

Qayd etilishicha, Daulet Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Biroq, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etdi.

Daulet Tolibayev (1983 yil tug‘ilgan) O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilida boshlab, uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Daulet Tolibayev 2019 yildan buyon Qonliko‘l tumani hokimi edi.