Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil yanvardan:

  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etiladi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi;
  • ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinadi;
  • O‘zbekiston Sudyalar oliy malaka hay’ati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, tegishli tuman (shahar) aholi sonidan va sudlarning haqiqiy ish hajmidan kelib chiqqan holda:

4 ta tuman iqtisodiy sudлари tugatilmoqda;

Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdarg‘om

5 ta tuman fuqarolik sudлари tashkil etilmoqda;

Yangiyo‘l, Urgut, So‘x, Xatirchi va Paxtakor

4 ta tuman jinoyat sudлари tashkil etilmoqda.

Bo‘zatov, Taxiatosh, Bandixon va Tuproqqal’a

Qayd etilishicha, hozirgi kunda har bir viloyat sudida 4 tadan 15 tagacha sudyalar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, yangi tashkil etilayotgan umumyurisdiksiya sudlarida 19 tadan 47 tagacha sudya ishlaydi. Viloyat sudlarida sudyalar sonining kamligi ishlarning bir viloyatdan ikkinchisiga 20 мингdan ortiq ishlarning olib berilishiga, natijada fuqarolarning sarsongarchiligiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, 199 ta tuman (shahar) ma’muriy sudlari maqbullashtirilib, viloyat markazlarida 14 ta tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etiladi

Sudda ishlarni ko‘rishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi. 2019 yilda 469 ta ish sudda bir necha oy ko‘rilgandan keyin dastlabki tergovdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga qaytarilgan. Endilikda ishni sudga tayinlash jarayonida 7 sutka ichida sudya mazkur masalani hal etishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, prokurorning sudda ish ko‘rilishi jarayonida ishtirok etish tartibi ilg‘or xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda. Jumladan:

  • prokuror sud jarayonida ayblovdan voz kechgan taqdirda, reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish;
  • prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan ishni o‘rganish uchun chaqirib olish;
  • prokurorning fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini chegaralash nazarda tutilmoqda.

Ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali sud tizimiga «bir sud — bir instansiya» tamoyilini joriy etiladi. Xususan:

  • sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatiladi;
  • BMT ning maxsus ma’ruzachisi D.Garsiya-Sayyan, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlar nazorat instansiyasi mavjudligini jiddiy tanqid qilgan
  • bir sudda ishlarni ikki bosqichda (birinchi hamda apellyatsiya yoki kassatsiya) ko‘rish amaliyotiga barham beriladi.

2019 yilning o‘zida ayni bir viloyat sudida birinchi va apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasida ko‘rilgan ishlarning 13 мингга yaqini Oliy sudda o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.

Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha alohida sudlov tarkibini tuziladi. 2019 yilning o‘zida iqtisodiy sudlar tomonidan chet el investorlari bilan bog‘liq 3мингга yaqin, raqobatga oid 30 dan ortiq ishlar ko‘rilgan.

Moliya vazirligiga sud tizimining sudyalari va xodimlarining moddiy ta’minotini 2021 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq Davlat byudjetiga o‘tkazish va ularning ish haqini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirilmoqda. Xorijiy davlatlarda sud tizimining moddiy ta’minoti to‘liq Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Sudlar tayinlagan jarima va davlat bojlarining 40 foizi (o‘rtacha 260 mlrd so‘m) sudning byudjetdan tashqari fondiga yo‘naltirilmoqda va uning hisobidan o‘zlariga ish haqi berilmoqda.

Mazkur Farmonni qabul qilinishi sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishга, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilishга, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo‘lishini taъминлашга, sud органлариning amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqлаштирishга xizmat qilishi kutilmoqda.