23 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, mamlakatda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun bir guruh fuqarolar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Mazkur ro‘yxatga 258 kishi kiritilib, ulardan 6 nafari vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan mukofotlangan:

  • Zulfiya Yuldashovna Djumaniyazova — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi;
  • Shavkat Nasirovich Nafasov — Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;
  • Feruza Askarovna Tuxtayeva — Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi;
  • Alisher Tashkuvatovich Uralov — Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinikasi ultratovush tashxisi shifokori;
  • Botir Jabborovich Xamrakulov — yespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • A’loxon Abzalovich Shamaxmudov — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari.

To‘liq mukofotlanganlar ro‘yxati