Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 13−17 yoshli o‘smir qizlar orasida so‘nggi 6 oy ichidagi erta tug‘ruq holatlari tahlil qilindi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, yanvar-iyun oylari davomida 13 yoshli qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlari qayd qilinmagan. 14−17 yoshli o‘smir qizlar orasida esa 84 ta tug‘ruqlar qayd etilgan. Shulardan:

  • Toshkent viloyatida — 22 ta,
  • Samarqand viloyatida — 11 ta,
  • Toshkent shahrida — 9 ta,
  • Jizzax viloyatida — 7 ta,
  • Farg‘ona viloyatida — 6 ta,
  • Andijon viloyatida — 5 ta,
  • Qashqadaryo viloyatida — 4 ta,
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 3ta, Buxoro viloyatida — 3 ta,
  • Sirdaryo viloyatida — 2 ta,
  • Surxondaryo viloyatida — 1 ta
  • Namangan viloyatida — 1 ta holat qayd etilgan.

Ushbu salbiy holat 2019 yilning shu davriga nisbatan Qoraqalpog‘istonda — 3 taga (66,7 foizga), Jizzaxda — 3 taga (42,9 foizga), Toshkent shahrida — 2 taga (22,2 foizga) oshgan.

Erta tug‘ruq holatlarining 2 nafari — 14 yoshda, 9 nafari — 15 yoshda, 23 nafari — 16 yoshda, 40 nafari — 17 yoshda bo‘lgan.