O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tibbiy xodimlar ishga olinishi to‘g‘risida e’lon berdi.

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etadi.

Shifokorlar:

  • anesteziolog-reanimatolog;
  • infeksionist;
  • epidemiolog;
  • vrach-laborant;
  • vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar;

Hamshiralar:

  • reanimatsiya hamshirasi;
  • palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
  • kichik tibbiyot xodimlari.

14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • shifokorlar — 25 mln so‘m;
  • hamshiralar — 15 mln so‘m;
  • kichik tibbiyot xodimlari — 10 mln so‘m.

Murojaat uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Xodimlar bo‘limiga quyidagi telefon reqamlari orqali murojaat qilish mumkin: 71/241−12−02, 71/241−18−70, 71/241−54−54