Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi «TARLON» (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi ishlab chiqarilgani xakida xabar berdi. Mashina «KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR» MCHJ bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.



«TARLON»ning asosiy taktik va texnik tavsifi: