2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSH dollariga yoki 18,2% ga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 6 oy ichida eksport hajmi 6,2 mlrd AQSH dollariga (22,6% ga kamaydi) va
import hajmi 9,5 mlrd AQSH dollariga (15% ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida — 3,2 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

2020 yil yanvar oyida tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan bir oz kam bo‘lishiga qaramasdan, fevral oyida ko‘tarilgandi. Biroq dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanishi va bir qator dunyo mamlakatlari karantin cheklovlari o‘rnatilishi sababli tashqi savdo aylanma mart ($2,2 mlrd), iyun ($2,6 mlrd) va may ($2,1 mlrd) oylarida sezilarli darajada kamaygan. Shu bilan birga, iyun oyida bu ko‘rsatkich o‘sish sur’atini namoyish qila boshladi — ($2,8 mlrd).

Ўзбекистон tashqi savdo aylanmasi oylik dinamikasi — mln ASHQ dollari
Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:

  • Xitoy (18,1% — $2,8 mlrd);
  • Rossiya (16,3% — $2,5 mlrd);
  • Qozog‘iston (8,4% — $1,3 mlrd);
  • Koreya (7,1% — $1,1 mlrd);
  • Turkiya (5,6% — $886,6 mln);
  • Qirg‘iziston (2,5% — $395,2 mln);
  • Germaniya (2,1% — $337 mln).


Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston eksporti tarkibida oltin asosiy o‘rinni egallaydi (33,8%), undan keyin sanoat tovarlari (18,7%), xizmatlar (16,1%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,9%), kimyoviy moddalar (6,1%), mineral yoqilg‘i (5,1%) va boshqalar.


Eksport tarkibi

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Import tarkibida asosiy ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,1%), sanoat tovarlari (16,8%), shuningdek kimyoviy moddalar va shu kabi mahsulotlar (13,7%) egallaydi.


Manba: Davlat statistika qo‘mitasi