Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Zexavit Ben-Gilel tayinlandi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Takidlanishicha, Zexavit Ben-Gilel bu lavozimda Eduard Shapiraning o‘rnini egallaydi. U 2017 yildan beri Isroilning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Tayinlovga qadar, Zexavit Ben-Gilel Isroil Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, u shu paytga qadar Isroil Tashqi ishlar vazirligi va xorijda turli diplomatik vazifalarda faoliyat olib borgan. U ingliz, ispan va nemis tillarini mukammal biladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligining Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Feruza Mahmudova mamlakatimizning Isroildagi elchisi etib tayinlangandi.