O‘zbekistonda 6 oyda jami 37682 ta «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Iyun oyida 7557 ta «Cobalt» ishlab chiqarilgan bo‘lib, yilning boshqa oylariga qaraganda eng ko‘p ko‘rsatkichni qayd etdi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida yilning yanvar-iyun oylarida 35050 ta «Nexia T-250» (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9%), 37682 dona «Cobalt» (154,2%), 26047 ta «Lacetti-Gentra» (133,0%), 26687 ta «Damas» (115,8%), 14511 dona «Spark» (160,4%) hamda 3478 dona «Labo» (90,7%) avtomobillari ishlab chiqarildi.