«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda karamdan tayyorlangan mazali va foydali salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Qizil boshli karam va rukkoladan salat


Qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat vitaminlarga juda ham boy bo‘lib, ko‘pchilikka yoqishi aniq.

Bodring va karamli salat


Bu salatga xohlagan mahsulotlardan solib, salatni yanada mazaliroq qilish mumkin. Masalan, yashil no‘xat, makkajo‘xori yoki pomidor. Asosiysi, nima solsa ham bu salat juda xushta’m chiqadi.

«Koul Slou» salati


«Koul Slou» bu karamdan tayyorlanadigan amerikancha salat bo‘lib, uni asosan burgerlar va grillda pishirilgan go‘sht bilan tanovvul qilishadi.

Karam va pomidorli salat


Bir necha daqiqani oluvchi karam va pomidordan ajoyib salat. Bunday salatni tushlikka yoki kechki ovqatga tayyorlang va iste’mol qiling.

Meksikancha salat


Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo‘l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi.

Makkajo‘xori va loviyali salat


Konservalangan loviya va makkajo‘xoridan tayyorlaniladigan salat juda to‘yimli bo‘lib, ovqat o‘rnini ham bemalol bosa oladi.

Pekin karami va makkajo‘xoridan tayyorlangan salat


Sabzavotlardan tayyorlangan bu salat nafaqat foydali, balki juda yengil va lazzatli ta’mda chiqadi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15