Madaniyat vazirligi koronavirus bilan kasallangan xodimining vafot etganligi haqida xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 1988 yilda tug‘ilgan Iqtisodiy tahlil, moliya va buxgalteriya boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan Irisov Akmal Baxtiyorovich olamdan o‘tgan.

Shifokorlar tomonidan unga o‘tkir nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, COVID-19 tashxislari qo‘yilgan.

Vazirlik tomonidan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etilib, chuqur hamdardlik bildirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatni o‘z statistikasida hozircha e’lon qilmadi.