15 iyul kuni O‘zbekiston Harbiy sudida ayblanuvchi A. Yarbabayev va Ye. Yarbabayevalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Sud hay’ati sudlanuvchi A. Yarbabayev va Ye. Yarbabayevalarni Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Shu o‘rinda sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchilarning shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

A. Yarbabayevning turmush o‘rtog‘i Ye. Yarbabayevaga sud Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llab, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Shu bilan bir qatorda, Ye. Yarbabayevaning tergov va sudda jinoyatlarni fosh etishga faol yordam berganligi va ishdagi boshqa javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarni e’tiborga olib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanib, 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etilgani ma’lum qilinadi.