17 iyul kuni O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirib keldi, deya xabar berdi Uzgidromet.

Markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning shimoli va cho‘l zonasida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 37−40 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzgi harorat 39−42 darajagacha ko‘tariladi. Bu yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 darajaga yuqoridir.