Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 mln dan oshdi. Kasallanganlardan 25,6 ming kishi vafot etdi va 635,7 ming kishi tuzaldi. Bu haqda COVID-19 bilan kasallanganlar sonini kuzatib boruvchi Jons Xopkins universiteti xabar berdi.

Hindiston COVID-19 bilan kasallanganlar soni million kishidan oshgan dunyodagi uchinchi mamlakatga aylandi.

Jahon statistikasida, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda turibdi — kasallanganlar soni 3,5 mln dan ortiq, 138 ming kishi vafot etdi va 1 mlndan ortiq bemor tuzaldi.

COVID-19 dan kasallanganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Braziliya turibdi. Mamlakatda 2 mln dan ortiq koronavirus bemori ro‘yxatga olingan, 76,6 ming kishi vafot etgan va deyarli 1,4 million kishi tuzalgan.

Rossiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi — 752 ming kishi kasallangan, deyarli 12 ming kishi vafot etdi, 531 ming kishi tuzaldi.

17 iyulga kelib hozirda dunyo miqyosida 13,8 million kishi COVID-19 bilan kasallangan. Deyarli 590 ming kishi vafot etgan. 7,7 million kishi tuzalgan.