Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashi Shuhratjon Mo‘minovni Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlanishini ma’qulladi, deya xabar berdi O‘zA.

Xabarga ko‘ra, 17 iyul kuni xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

«Shu paytgacha Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Shuhratjon Azimovich Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi», — deyiladi xabarda.


Shuhratjon Azimovich Mo‘minov. Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2013 yildan beri Farg‘ona tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ilhomjon Nosirov hokimlik lavozimidan ozod etilgandi.