Prezident farmoniga binoan Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Tayinlovga qadar Amrillo Inoyatov 2017 yildan beri Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, A. Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan, 2001 yilda institutning markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida kichik ilmiy xodimi, keyinchalik 2008 yilda u jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

2012 yildan 2014 yilgacha A. Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakulteti dekani bo‘ldi. 2015 yildan 2016 yilgacha u Toshkent davlat stomatologiya institutining Buxoro filialiga rahbarlik qilib, 2017 yil iyun oyidan tayinlovga qadar u Buxoro davlat tibbiyot institutini rektori bo‘lib kelayotgan edi.

Shuningdek, A. Inoyatov ko‘plab monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, 120 dan ortiq ilmiy maqolalar va 130 dan ortiq nashrlarning muallifi.