Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Hujjatda, jumladan, 2020 yil oxiriga qadar quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

  • bir qator soliq imtiyozlarini uzaytirish;
  • yollanma ishchilar sonini ko‘paytirish;
  • umumiy ovqatlanish yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish;
  • umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytirish va boshqalar.

SSPning ma’lum qilishicha, tashkilotga restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berish bo‘yicha murojaat qilishgan.

Hozirda loyiha tadbirkorlar va SSP jamoat ekspertizasi ishchi guruhi takliflarini hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda.

8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat raxbari tadbirkorlarning sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan karantin talablarini ro‘kach qilgan holda ishlab chiqilayotgan tushunarsiz va qarama-qarshi talablarga duch kelishini hamda amaldagi tartiblarni qayta ko‘rib chiqish va OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash tartibini aniq tushuntirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.