O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Sanjar Abduqodirov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda MQKQ matbuot xizmati xabar qildi.

«Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘zining yetuk va tajribali mutaxassisidan ayrildi… Kimgadir aka, uka, do‘st va hamkasb bo‘lgan yaqin qadrdonimiz biz sizni sog‘inamiz! Ilohim ohiratingiz obod bo‘lsin!» — deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan.

Sanjar Abduqodirov 1980 yilda Namangan shahrida tavallud topdi. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Uzoq yillar davomida Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, Davlat mulki qo‘mitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida foaliyat olib borgan.