16 iyul kuni O‘zbekistonda 485 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 15 mingdan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 97 tasi karantin muassasalarida, 349 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm hamda Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 128 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15066 nafar bemordan 8783 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 58 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 57 365 nafar, statsionar karantinda esa 21 779 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.