14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12:34 da O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV saytida xabar qilindi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda, Toshkentgacha masofa 540 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,1, chuqurlik — 10 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan : 496 km, 2 ball.
  • Andijon : 485 km, 2 ball.
  • Farg‘ona : 431 km, 2 ball.
  • Guliston : 471 km, 2 ball.
  • Jizzax : 473 km, 2 ball.
  • Samarqand : 483 km, 2 ball.
  • Termiz : 326 km, 2 ball.
  • Qarshi : 513 km, 2 ball.