O‘zbekiston prezidentining farmoniga binoan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi, deya xabar berdi O‘zA.

farmonda ta’kidlanishicha, Suma Chakrabartining “O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari” alohida qayd etilgan.

Shuningdek, “respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini ta’minlashga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiyaviy loyihalarga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va ko‘magi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun” Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, Suma Chakrabarti ETTB prezidenti sifatida 2012 yil iyuldan 2020 yil iyulgacha ishlagan. 2017 yilda bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini tikladi va bugungi kunga qadar YeTTB 79 loyihada qatnashib, mamlakat iqtisodiyotiga 1,7 milliard yevro sarmoya kiritdi