“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda merengali pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Qorag‘at solib pishirilgan shokoladli tart

Shirin-nordon ta’mli rezavor meva va paxtadek mayin merenga ajoyib bir yaxlitlikni hosil qilgan. Shuningdek, qorag‘at o‘rniga xohlagan mevalaringizdan ham solishingiz mumkin.

“Pavlova” torti

“Pavlova” torti — yengil va yumshoq bulut kabi bo‘lib, unda rezavor mevalar, krem va tuxum oqidan tayyorlangan merenga ta’mlari ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.

Merengali rulet


Bezedan tayyorlaniladigan bu rulet siz tasavvur eta olmaydigan darajada mazali chiqadi. Ayniqsa qaymoq va pishloqli krem uni og‘zingizda erib ketishini ta’minlaydi.

Rovoch va merengali tart



Qiziqarli bu retsept asosida pishirilgan tart barchani lol qoldirishi aniq. Agarda uyda rovoch bo‘lmasa, unda o‘rniga bemalol nordon olmadan solsa bo‘ladi.

Merengali brauni


Brauni — amerikancha bu pirog ko‘pchilikning sevimli shirinligiga aylanib ulgurgani bejizga emas. Chunki shokolad bilan to‘yintirilgan, mayin va yoqimli ta’m ko‘pchilikka yoqadi.

Merengali limonli tart


Limonli krem va merangali tart — nordon ta’mli krem va mazali merengali ta’m tasvirlab bo‘lmaydigan darajada pishadi.

Beze bilan pishirilgan olmali pirog


Beze bilan pishirilgan olmali mana bunday pirog istalgan kimsaning eng sevimli retseptlaridan biriga aylanishi aniq.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15