O‘zbekistondagi taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Ular loyihasiga bergan intervyusida o‘zini O‘zbekiston milliy axborot agentligining direktor o‘rinbosari etib tayinlanishini uni tanqiddan “zararlantirish” deya hisoblamasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning ushbu tayinlovni amalga oshirishdan maqsadi tanqidchidan “qutilish” emas, balki ommaviy axborot vositalari sohasiga va O‘zAga “yangi qon” olib kirish sifatida ko‘rish kerak.

“Mansab beriladi va shu yo‘l bilan bitta tanqidchidan qutilishadi”, degan ma’noda o‘zimga ham ko‘p yozishdi. Ochig‘i gap, oldingi joyimda osonroq edi ovozimni o‘chirishga, agar xohlashganida. Agarda shunaqa niyat bo‘lganda, ommaviy axborot vositasiga, axborot agentligiga olib kelishmasdi-ku. Agar maqsadi shu bo‘lganida, meni biron bir viloyatga yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari etib jo‘natishganda mumkin edi. Maqsad bu emas. Танқидчини axborot agentligiga olib kelib, yana “niyatimiz bu tanqidchidan qutilish” deyish — bu paradoks", — deya ta’kidladi Xushnudbek.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Vazirlar mahkamasining qarori bilan O‘zbekistondagi taniqli bloger va Mass-media fondi direktori Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangandi.