Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi fond matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar u Pezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ushbu lavozimda Aleksandra Kolesnichenko O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan Xushnudbek Xudoyberdiyevning o‘rnini egalladi.