11 iyul kuni O‘zbekistonda 486 ҳолатда koronavirus qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 12 ming 513 тага yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi holatlarning 391 tasi karantin muassasalarida, 95 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 193 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12513 nafar bemordan 7723 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4733 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.