Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamiga bir martalik yordam pulini ajratish to‘g‘risida qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 1 avgust kuniga qadar mamlakatda pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamini va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tasdiqlanib, ularga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 dollar atrofida) bir martalik yordam puli ajratish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari mamlakatning “Amonatbonk” bankiga tasdiqlangan ehtiyojmand fuqarolar ro‘yxati bo‘yicha ularga yordam pulini bank kartalariga tashlab berishni, agar kartalari bo‘lmagan taqdirda, naqd berish topshirig‘ini berdi.