Koronavirus infeksiyasiga chalingan toshkentlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi 66 yoshli M.R. joriy yil 1 iyuldan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan.

Unga «COVID-19» og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og‘rigan. Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etligi ma’lum qilindi.