11 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12402 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 37 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 15 nafari esa Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 293 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 7540 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.