10 iyul kuni O‘zbekiston da 463 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 12027 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 268 tasi karantin muassasalarida, 195 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Juma kuni Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 243 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12027 nafar bemordan 7530 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 62 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4443 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.